Shanba, 19.07.2025, 17:25
Приветствую Вас O'quvchi Mehmon | RSS

Mirzo Ulug'bek tumanidagi 308-maktab

Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Maktab Web sahifasiga bahoingiz
Javoblar soni: 61
Статистика

On-Line soni: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0

Главная » 2011 » Aprel » 29

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi T.N.Qori Niyoziy nomidagi O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida "Umumiy o`rta ta'lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish: muammolar va yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo`lib o`tdi. Tadbirni Xalq ta'limi vazirining birinchi o`rinbosari B.Daniyarov ochib berdi. Shundan, so`ng pedagogik tajriba-sinov ishlari yuzasidan ma'ruzalar tinglandi. Unda pedagogika fanlari doktorlari, professorlar, dosentlar, tadqiqotchilar, shuningdek, umumta'lim maktablari o`qituvchilari ishtirok etdi. Konferensiya davomida umumiy o`rta ta'lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini ta'minlashning nazariy asoslarini ishlab chiqish, amaliy tajribalar va yondashuvlar, ilmiy mulohazalarni aniqlash hamda ommalashtirish masalalari muhokama etildi. "Har qanday sohada yangilik yaratish va uni hay ... Davomini o'qish »

Просмотров: 1568 | Qo'shdi: Administrator | Дата: 29.04.2011 | Izoh (0)

Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug‘ 20 yillik bayramini munosib kutib olish maqsadida o‘tkazilayotgan turli madaniy-ma’naviy tadbirlar obod va ozod Vatanimizni, buyuk istiqlolni ulug‘lashga, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida bu muqaddas ne’matlarga nisbatan hurmat, muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Guliston shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan "Yurtim, senga jonim fido!” loyihasi doirasidagi badiiy-musiqiy uchrashuvlar san’atsevar yoshlar hayotida unutilmas voqea bo‘ldi.

Olim Xo‘jayev nomidagi viloyat musiqali drama teatrida V.Uspenskiy hamda R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining o‘quvchilari, Toshkent shahri Shayxontohur tumani bolalar ijodiyoti markazi qoshidagi "Tantana” a ... Davomini o'qish »

Просмотров: 1162 | Qo'shdi: Administrator | Дата: 29.04.2011 | Izoh (0)

Sog‘lom avlod – kelajagimizning hal qiluvchi kuchidir. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni ommalashtirish, xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor mohiyatida ana shu ezgu tamoyil mujassam.

Bugun yurtimizning barcha hududlarida, xususan, chekka qishloqlarida ham qizlarimizning badiiy gimnastika bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ham ushbu olijanob maqsadga xizmat qilmoqda.

– Mazkur sport turini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotir, – deydi Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zikrillo Teshaboyev. – Umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida badiiy gimnastika to‘garaklarini tashkil etish, ularga qizlarimizni keng jalb etish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada qizlarning nafis sport turi bilan shug‘ullanishga bo‘lgan imkoniyat va qiziqishlari ortmoqda. Bu, qizlarimizning har t ... Davomini o'qish »

Просмотров: 1716 | Qo'shdi: Administrator | Дата: 29.04.2011 | Izoh (0)

Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2011  »
Du Se Chor Pa J Sh Yak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей

Copyright MyCorp © 2025
Бесплатный хостинг uCoz