Наш опрос
Статистика
On-Line soni: 1 Mehmon: 1 Foydalanuvchi: 0
|
Главная » 2011 » May » 3 » “Barkamol avlod-2011” yakunlandi
15:38 “Barkamol avlod-2011” yakunlandi |
Termizda "Barkamol avlod-2011” sport o‘yinlari yakunlandi.
"Barkamol avlod-2011” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi boshlanadi. Maydonga musobaqada ishtirok etgan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar terma jamoalari chiqib keladi.
Eng hayajonli daqiqalar – g‘oliblarni taqdirlash marosimi boshlandi.
Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqada eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri terma jamoasi eng qadrli, eng yuksak sovrin – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mazkur "Barkamol avlod-2011” sport musobaqasi ishtirokchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi – "Damas” avtomobili bilan taqdirlandi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan Surxondaryo va uchinchi pog‘onadan joy olgan Xorazm viloyati terma jamoalariga Prezident sovg‘asi – "Damas” avtomobillari topshirildi.
Musobaqalarda alohida mahorat ko‘rsatgan, iroda va g‘alabaga intilishini namoyon etgan, tengqurlari orasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi-o‘quvchilar maxsus sovrinlarga sazovor bo‘ldi.
– Sport, do‘stlik va barkamollik bayrami – "Barkamol avlod-2011” bellashuvlari yuqori natijalar, rekordlar va unutilmas voqealarga boy bo‘ldi, – deydi oltin medal sohibi, poytaxtlik Shahboz Saidmurodov. – Ushbu musobaqalar mamlakatimizning barcha hududlarida sport izchil rivojlanib borayotganini ko‘rsatdi. Bu – Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning barcha sohalarda, jumladan sportda ham o‘z iste’dodini keng namoyish qilishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratilayotganining yuksak samarasidir. Bu biz , yoshlarning kelajakda xalqaro sport anjumanlarida ham mamlakatimiz sharafini munosib himoya qila olishimizga ishonchimizni mustahkamlaydi.
…Stadion uzra mayin musiqa sadolari yangraydi. "Barkamol avlod –2011” respublika sport musobaqalarining bayrog‘i tushiriladi. Uni surxondaryolik yosh sportchilar akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining navbatdagi final musobaqasiga mezbonlik qiladigan Namangan viloyati vakillariga topshirdi.
"Barkamol avlod-2011” o‘yinlarining yopilish marosimi sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va san’atkorlarning katta konsert bilan yakunlandi.
|
Просмотров: 2370 |
Добавил: Administrator
| Рейтинг: 1.0/100 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
Календарь
« May 2011 » |
Du |
Se |
Chor |
Pa |
J |
Sh |
Yak |
| | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
|
| | |