Shanba, 19.07.2025, 16:38
Приветствую Вас O'quvchi Mehmon | RSS

Mirzo Ulug'bek tumanidagi 308-maktab

Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Maktab Web sahifasiga bahoingiz
Javoblar soni: 61
Статистика

On-Line soni: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0

Главная » 2014 » Yanvar » 27 » Jasorat darslari
11:54
Jasorat darslari


Ta'lim muassasalarida huquqiy oylikning mantiqiy davomi sifatida faxriy harbiylar, yozuvchi va shoirlar, taniqli san'atkorlar ishtirokida "Jasorat darslari” o'tkaziladi. Mazkur dars soatlarida Vatan himoyasi barchaning konstitutsiyaviy burchi ekani, uning tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash shu yurtda istiqomat qiluvchi har bir fuqaro uchun sharaf ekanligi targ`ib qilinadi. Umumta'lim maktablarida "Vatan himoyachilari kuni”ga bag`ishlangan shior va plakatlar, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o'zida aks ettirgan burchaklar tashkil etildi.

Shuningdek, ta'lim muassasalarida 2013 yilning 15 dekabridan joriy yilning 14 yanvarigacha "Harbiy vatanparvarlik” oyligi deb e'lon qilinib, oylik doirasida ommaviy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etiladi. Xususan, ta'lim muassasalarida "Armiya - mustaqilligimiz va erkinligimiz kafolotidir”, "Armiyada xizmat sharaflidir”, "Milliy armiyamiz – g`ururimiz” kabi mavzularda davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bundan tashqari, respublikamizdagi mavjud 298 ta bolalar musiqa va san'at maktablaridagi ijodiy guruhlar o'rtasida "Mardlar qo'riqlaydi Vatanni!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi qo'shiqlar tanlovi bo'lib o'tmoqda. Joriy yilning 13-14 yanvar kunlari ushbu tanlovning Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bosqichlari o'tkazildi.



O'quvchilar o'rtasida qurolli kuchlarga bag`ishlangan vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi devoriy gazetalar tanlovi o'tkazilib, g`oliblar estalik sovg`alari bilan tadirlanadi. Shu bilan birga 2013 yilning 23-27 dekabr kunlari "Ajdodlar qahramonligi – yoshlarga ibrat” mavzusida umumta'lim maktablarining 2-4-sinf o'quvchilari o'rtasida diktant, 5-7-sinf o'quvchilari o'rtasida bayon, 8-9-sinf o'quvchilari o'rtasida insho tanlovlari o'tkazildi.

Vazirlik tomonidan Oylik davomida Respublika "Barkamol avlod” bolalar markazlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan Toshkent shahridagi Qurolli kuchlar Markaziy muzeyi hamda hududlardagi Oliy harbiy ta'lim muassasalari va harbiy qismlarga o'quvchilarning tashrifi tashkil etilmoqda.

Albatta, bu kabi uchrashuvlar, tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni Vatanga sodiq qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyatga egadir.
Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
Просмотров: 3646 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2014  »
Du Se Chor Pa J Sh Yak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей

Copyright MyCorp © 2025
Бесплатный хостинг uCoz