Наш опрос
Статистика
On-Line soni: 1 Mehmon: 1 Foydalanuvchi: 0
|
Главная » 2011 » Aprel » 29 » Pedagogik tajriba-sinov ishlariga bag`ishlangan seminar
18:51 Pedagogik tajriba-sinov ishlariga bag`ishlangan seminar |

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi T.N.Qori Niyoziy nomidagi O`zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida "Umumiy o`rta ta'lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish: muammolar va yechimlar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo`lib o`tdi. Tadbirni Xalq ta'limi vazirining birinchi o`rinbosari B.Daniyarov ochib berdi. Shundan, so`ng pedagogik tajriba-sinov ishlari yuzasidan ma'ruzalar tinglandi. Unda pedagogika fanlari doktorlari, professorlar, dosentlar, tadqiqotchilar, shuningdek, umumta'lim maktablari o`qituvchilari ishtirok etdi. Konferensiya davomida umumiy o`rta ta'lim maktablarida tashkil etiladigan pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini ta'minlashning nazariy asoslarini ishlab chiqish, amaliy tajribalar va yondashuvlar, ilmiy mulohazalarni aniqlash hamda ommalashtirish masalalari muhokama etildi. "Har qanday sohada yangilik yaratish va uni hayotga tatbiq etish uchun tajribada sinab ko`rish kerak bo`ladi. Chunki, amaliyotda sinalgandagina yangilikning kamchiligi va yutuqlari namoyon bo`ladi. Shunga qarab tegishli xulosa chiqariladi, xato va kamchiliklar ustida ishlanadi. Pedagogik tajriba-sinov ishlari ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va uni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi" - deydi O`zPFITI 1-bosqich stajer-tadqiqotchi-izlanuvchisi Rustam Sulaymonov.
Konferensiya ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqichda "Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda pedagogik tajriba -sinov ishlarining ahamiyati", "Pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va boshqarishning funksiya va metodlari", "Pedagogik tajriba-sinovni tashkil etish bosqichlari va yo`nalishlari", "Interfaol doskani qo`llash orqali fizika fanidan tajriba-sinov darslarini tashkil etish" mavzularida ma'ruzalar tinglangan bo`lsa, ikkinchi bosqich ikkita yo`nalishda olib borilib, "Pedagogik tajriba-sinovning nazariy-tashkiliy asoslari" va "Pedagogik tajriba-sinovni tashkil etish mexanizmlari" bo`yicha tashkil etilgan sho`'ba yig`ilishlarida 100 ga yaqin ma'ruzalar mazmunida ilmiy izlanuvchilar uchun nihoyatda zarur bo`lgan tavsiyalar taqdim etildi. Yakunlovchi yalpi majlisda "Umumiy o`rta ta'lim maktablarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish muammolari va yechimlari" yuzasidan tahlillar asosida istiqbolda pedagogik tajriba-sinovni yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar qabul qilindi. Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi ta'limning sifat va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
|
Просмотров: 1569 |
Добавил: Administrator
| Рейтинг: 1.5/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
Календарь
« Aprel 2011 » |
Du |
Se |
Chor |
Pa |
J |
Sh |
Yak |
| | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 |
|
| | |