Shanba, 19.07.2025, 17:35
Приветствую Вас O'quvchi Mehmon | RSS

Mirzo Ulug'bek tumanidagi 308-maktab

Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Maktab Web sahifasiga bahoingiz
Javoblar soni: 61
Статистика

On-Line soni: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0

Главная » 2011 » Aprel » 29 » San’atimiz g‘unchalari kuylaganda...
18:41
San’atimiz g‘unchalari kuylaganda...

Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug‘ 20 yillik bayramini munosib kutib olish maqsadida o‘tkazilayotgan turli madaniy-ma’naviy tadbirlar obod va ozod Vatanimizni, buyuk istiqlolni ulug‘lashga, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida bu muqaddas ne’matlarga nisbatan hurmat, muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Guliston shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan "Yurtim, senga jonim fido!” loyihasi doirasidagi badiiy-musiqiy uchrashuvlar san’atsevar yoshlar hayotida unutilmas voqea bo‘ldi.

Olim Xo‘jayev nomidagi viloyat musiqali drama teatrida V.Uspenskiy hamda R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining o‘quvchilari, Toshkent shahri Shayxontohur tumani bolalar ijodiyoti markazi qoshidagi "Tantana” ansambli ishtirokchilari va mamlakat miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan san’atimiz g‘unchalari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi. Guliston shahridagi Bolalar shaharchasining "Kamalak” guruhi hamda sirdaryolik yosh iqtidor egalarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari, jozibali raqslari ham tomoshabinlarga bir olam zavq baxsh etdi.

– Konsert dasturi menda juda katta taassurot qoldirdi, – deydi Sirdaryo shahridan Shahnoza Bozorova. – Yurtni sevish, baxtli bolalik haqidagi qo‘shiqlarga jo‘r bo‘ldik, maza qilib raqsga tushdik. Mazmunli va maroqli o‘tgan tadbirda qatnashganimdan xursandman.

Xuddi shunday tadbir Boyovut tumanidagi musiqa va san’at maktabida ham bo‘lib o‘tdi.

Просмотров: 1163 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Aprel 2011  »
Du Se Chor Pa J Sh Yak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей

Copyright MyCorp © 2025
Бесплатный хостинг uCoz