Shanba, 19.07.2025, 16:46
Приветствую Вас O'quvchi Mehmon | RSS

Mirzo Ulug'bek tumanidagi 308-maktab

Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Maktab Web sahifasiga bahoingiz
Javoblar soni: 61
Статистика

On-Line soni: 2
Mehmon: 2
Foydalanuvchi: 0

Главная » 2014 » Yanvar » 27 » “Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi Qonun
11:45
“Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi Qonun



Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2013 yil 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi Qonuniga bag'ishlangan video-seminar tashkil etildi.
Video-seminarda Xalq ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari, hududiy xalq ta'limi boshqaruv idoralarining hamda barcha tuman (shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limlarining vasiylik va homiylik masalalari bo'yicha mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur seminarda joriy yil 2 yanvar imzolangan O'zbekiston Respublikasining "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning haq-huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati yig'ilganlarga keng tushuntirildi.
Seminar davomida "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi qonun vasiylik va homiylik institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish, vasiylik va homiylikni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini, shu jumladan ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan hamda sog'lig'ining holatiga ko'ra mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga etgan muomalaga layoqatli shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilinganligi ta'kidlab o'tildi.
Shuningdek, tadbirda mas'ullarga ushbu Qonun doirasida vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarni aniqlash, ularga vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning munosib hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga ta'minot va ta'lim-tarbiya berish, shaxsiy, mulkiy huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari hamda kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan ishlar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
Ta'lim muassasalarida pedagogik jamoalar, ota-onalar va o'quvchilar o'rtasida O'zbekiston Respublikasining "Vasiylik va homiylik to'g'risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini o'rganish va targ'ib qilish ishlari davom etmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
Просмотров: 3338 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2014  »
Du Se Chor Pa J Sh Yak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей

Copyright MyCorp © 2025
Бесплатный хостинг uCoz