Payshanba, 17.07.2025, 09:17
Приветствую Вас O'quvchi Mehmon | RSS

Mirzo Ulug'bek tumanidagi 308-maktab

Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Maktab Web sahifasiga bahoingiz
Javoblar soni: 61
Статистика

On-Line soni: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchi: 0

Главная » 2011 » May » 4 » XXI asrda bolalar kitobxonligi
09:10
XXI asrda bolalar kitobxonligi
 O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo`g`ini, jamiyatdagi demokratik o`zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikani jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta'lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko`zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki jahon afkor ommasi tomonidan ham e'tirof etilmoqda. Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so`nggi rusumdagi o`quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to`g`risida"gi qarori bilan yurtimiz aholisining axborot-resurslarga bo`lgan ehtiyojini qondirish, uni zamon talablari darajasida tashkil etish yo`lida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ham o`quvchi-yoshlarni bilim olishga, kitobga mehr qo`yishlari, ularda mustaqil bilim olish ko`nikmasini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanib, bu yo`lda qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, har yili aprel oyida Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi o`quv muassasalarida - "Xalqaro bolalar kitobi kuni" nishonlanadi. Bolalarning bahorgi ta'til kunlarida "Bolalar va o`smirlar kitob haftaligi", bolalar yozuvchi va shoirlarining tavallud kunlari munosabati bilan o`tkaziladigan anjumanlar, ularning asarlaridan iborat tashkil etiladigan ko`rgazmalar, yangi kitoblar taqdimoti kabi ommaviy tadbirlar yil sayin o`quvchi va o`qituvchilarni maktab hayotining ajralmas qismiga aylantirib bormoqda. Respublika miqyosida 2009 yilda "Kitobsevarlar", "Yilning eng yaxshi kitobxoni", "Jahon xalq og`zaki ijodi bilag`onlari", "Darslikka - uzoq umr" kabi ko`rik-tanlovlari o`tkazib kelindi. Bu maktab kutubxonalari, axborot-resurs markazlari o`rtasida sog`lom raqobat muhitini vujudga keltirishda muhim vosita bo`lmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2009 yil 17 dekabrda "Bolalar va o`quvchi yoshlarning kitob o`qishini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirishni 2010-2012 yillarga mo`ljallagan DASTURi" ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Har yili maktab kutubxonalaridagi kitob fondini to`ldirishga alohida e'tibor qaratib, maktab jamoasi, bitiruvchilar, ota-onalar, chet el jamg`armalari, davlat va nodavlat tashkilotlarini jalb qilgan holda "Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari" xayriya tadbiri o`tkazib kelinmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi 46 yildan beri o`z o`quvchilariga xizmat qilib kelmoqda. Kitob fondi 219 mingdan ortiq nusxadagi adabiyotlar bo`lgan Respublika bolalar kutubxonasi bugun maktab o`quvchilarining sevimli maskaniga aylanib ulgurgan.

Hozirgi globallashuv jarayonida AKT jadal sur'atlar bilan rivojlanib, jamiyat hayotining har bir sohasiga tobora chuqurroq kirib bormoqda. Respublika bolalar kutubxonasi ham bu maslaga alohida e'tibor qaratmoqda, kutbxonaning Internet tarmog`idagi rasmiy veb-sayti faoiyati yo`lga qo`yildi.

2011 yil 29 aprel kuni soat 10:00da Respublika bolalar kutubxonasida "XXI asrda bolalar kitobxonligi: Bolalar kitobxonligi va ma'naviyat" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi. Konferensiyada axborot-resurs markazlari faoliyatini bugungi kun talablari darajasida tashkil etish, o`quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targ`ib qilish va ularning bilim olishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, axborot-kommunikasion texnologiyalarni tizimga keng joriy qilish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyani o`tkazishdan asosiy maqsad ham XXI asrda bolalar kitobxonligi sohasidagi masalalarni o`rganish, tahlil qilish, dolzarb muammolarni keng jamoatchilik fikriga havola qilish va soha mutaxassislari bilan muhokama qilishdir.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati, jamoat arboblari, nashriyot mutaxassislari, professor-o`qituvchilar, yozuvchilar, ARM mutaxassislari, maktab kutubxonachilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. onferensiya davomida o`quvchi-yoshlarning sevimli nashrlaridan biri bo`lgan "Gulxan" jurnali ijodkorlari bilan uchrashuv ham bo`lib o`tdi.
Просмотров: 5221 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2011  »
Du Se Chor Pa J Sh Yak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей

Copyright MyCorp © 2025
Бесплатный хостинг uCoz